
Ilon Mask xAI tomonidan ishlab chiqilgan Grok 3 sun’iy intellekt modelini taqdim etib, uni oldingi versiyaga nisbatan ancha kuchliroq deb atadi. Maskning fikricha, Grok 3 – dunyodagi eng aqlli sun’iy intellekt bo‘lib, u ilg‘or fikrlash qobiliyatiga ega va doimiy ravishda takomillashtirilmoqda.
DeepSearch texnologiyasiga ega bo‘ladi – bu yangi turdagi qidiruv tizimi va agentga o‘xshash imkoniyatlar taqdim etadi. Ilg‘or fikrlash mexanizmi bilan jihozlangan va ilmiy masalalarni hal qilish qobiliyatiga ega. Beta-versiyada taqdim etilgan bo‘lib, doimiy o‘qitish jarayonida. Ovozli rejim ham qo‘shilishi rejalashtirilgan, biroq u hali to‘liq tayyor emas va bir hafta ichida taqdim etilishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Mask OpenAI’ni $97,4 milliardga sotib olishni taklif qilgani haqida xabar bergan edi.