Kambag‘al oilalar tadbirkorlik uchun foizsiz ssudalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik va dehqonchilik uchun grant va foizsiz ssudalar ajratiladi
Foto: Kitscorner

Prezident qaroriga muvofiq, aholining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini rag‘batlantirish va bandligini ta’minlash maqsadida foizsiz ssudalar ajratish tizimi joriy etiladi. Bu tizim Ijtimoiy himoya yagona reyestri va kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolarining o‘z faoliyatini boshlashi uchun subsidiya o‘rniga foizsiz ssudalar berishni nazarda tutadi.

Uzoq yillardan buyon foydalanilmayotgan va samaradorligi past bo‘lgan subsidiyalar bekor qilinadi. Bir-birini takrorlovchi subsidiyalar birlashtiriladi. Mahallalarning ixtisoslashuviga qarab, kambag‘al oilalarga tadbirkorlik va dehqonchilik uchun grant hamda foizsiz ssudalar ajratiladi.
2026-yil 1-yanvardan aholiga naqd pul shaklida ajratiladigan moliyaviy yordamlar ijtimoiy karta orqali beriladi.
2025-yil 20-martgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tarkibida Subsidiya, ssuda va grantlarni baholash va muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kambag‘al oilalarga subsidiya ajratish tizimi takomillashtirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek