
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish maqsadida «Kelajakka qadam» dasturi ishga tushiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga koʻra, ushbu dastur doirasida bitiruvchilar oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirishda toʻliq qoʻllab-quvvatlanadi va moliyaviy yordam koʻrsatiladi.
Shuningdek, oʻqishni tugatgan va pastki bosqich talabalar oʻrtasida tanlovlar oʻtkazilib, gʻoliblarga ish bilan ta’minlashda amaliy koʻmak beriladi. Tanlov gʻoliblari uchun individual kasbiy ta’lim dasturlari orqali tayyorlash va amaliyot oʻtash imkoniyatlari yaratilib, bu borada potensial ish beruvchilar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq yosh olimlar 10 yil muddatga foizsiz kredit olishlari mumkinligi haqida yozgan edik.