Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
eʼlon qilindi
11.06 so‘mga tushdi

18-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 11,06 soʻmga pasayib, 12 970,19 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 910 – 12 960 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 982 – 13 040 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Shuningdek, yevro 25,85 soʻmga tushib, 13 572,01 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,003 soʻmga ortib, 142,20 soʻmga teng boʻldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollarning rasmiy kursi ilk marta 13 mingdan oshgani haqida xabar bergan edi.