
Quyuq tuman tufayli Olmaota shahriga qo‘na olmagan Azimuth aviakompaniyasi samolyoti Toshkentga yo‘naltirildi. Bu haqda Tashkent Sky News Telegram-kanali ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, AZO6141 yo‘lovchi reysi Rossiyaning Mineralniye Vody shahridan Olmaota shahriga uchib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Olmaotada o‘sha vaqtdagi havo harorati -8° ni tashkil etgan bo‘lib, quyuq tumanda ko‘rish masofasi 50 metrdan oshmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air samolyoti Namanganga qo‘na olmagan edi.