O‘zbekistonda proaktiv pensiya tizimi joriy etiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Erkaklar uchun pensiya yoshi 60, ayollar uchun esa 55 yil deb belgilandi
Foto: Freepic

O‘zbekistonda pensiyalarni proaktiv usulda belgilash rejalashtirilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi, pensiya yoshiga yetgan fuqarolar uchun to‘lovlarni avtomatik ravishda belgilashni nazarda tutadi.

Unga ko‘ra, ushbu tizim alohida murojaat qilishni talab etmaydi, bu esa davlat xizmatlari sifatini oshirishga yordam beradi.

Hujjatda erkaklar uchun pensiya yoshi 60, ayollar uchun esa 55 yil deb belgilangan. Qonun loyihasi Senatga yuborilgan bo‘lib, agar u tasdiqlansa, davlat rahbari tomonidan imzolanishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SMS-pensiya xizmatiga online ulanish ishga tushirilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek