Yangiliklar

Poytaxt ko‘chalariga «Tashvish tugmasi» o‘rnatish boshlandi

Patrul tugma bosilgan joyga to‘rt-besh daqiqa ichida yetib keladi
Foto: Toshkent shahar IIB

Toshkentning Chilonzor tumanida «Tashvish tugmalari»ni o‘rnatish jarayoni boshlandi. Bu haqda poytaxtning Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Ushbu qurilma biror hodisa yuz berganda huquq-tartibot organlarini tezda chaqirishga yordam beradi. Ma’lum qilinishicha, tugma bosilgandan so‘ng patrul hodisa joyiga to‘rt-besh daqiqa ichida yetib keladi.

«Tashvish tugmalari» poytaxt mahallalarida birma-bir o‘rnatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bir sotix yer narxi 10 mln so‘mga pastlagan edi.