Samarqand aeroporti yo‘lovchi oqimi bo‘yicha rekord qayd etdi

eʼlon qilindi
2019-yil bilan solishtirilganda oqim 186% ga oshdi
Foto: Air Marakanda

2024-yilda Samarqand xalqaro aeroporti xizmatlaridan 1,38 mln yo‘lovchi foydalandi, deya xabar qildi Air Marakanda aviakompaniyasi Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur aeroport ACI Europe reytingida yo‘lovchi oqimi bir milliondan o‘n milliongacha bo‘lgan aeroportlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. 2023-yilga nisbatan terminal ko‘rsatkichi 37% ga oshgan.

Hozirda Samarqand aeroportidan 17 ta aviakompaniya tomonidan 16 ta xalqaro va 2 ta ichki yo‘nalish bo‘yicha parvozlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning 10 ta shahridan Moskvaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek