Samolyot Kanadaga qo‘nayotganda ag‘darilib ketdi

eʼlon qilindi
Uch nafar yo‘lovchi og‘ir jarohat olgan
Фото: Reuters

Delta Air Lines mintaqaviy aviatashuvchisi samolyoti Kanadaning Toronto shahridagi aeroportga qo‘nayotganda ag‘darilib ketdi, deb xabar bermoqda Reuters.

18 kishi jarohatlangan. Uch nafari og‘ir yaralangan, ulardan biri bola.

Hodisaga qor bo‘ronidan keyin shamolli ob-havo sabab bo‘lgan. Videomateriallardan ma’lum bo‘lishicha, samolyot qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagiga qulagan va ag‘darilib ketgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Centrum Air samolyoti Namanganga qo‘na olmagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek