«Yosh tadbirkorlar» raqamli platformasi qanday ishlaydi

O‘zbekiston yosh tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Yosh tadbirkorlar» raqamli platformasi joriy etilmoqda. Prezident imzolagan qarorga ko‘ra, mazkur platformadan foydalangan tadbirkorlarning hisobvaraqlari bepul xizmat ko‘rsatish imtiyoziga ega bo‘ladi.
2025-yil 1-martgacha AT «Aloqabank» hududlarda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish va moliyalashtirishni rag‘batlantirish maqsadida «Startaplar» loyihasini to‘liq yo‘lga qo‘yadi.
2025-yil 1-apreldan har oyda 1 ta hududda «investor kunlari» tashkil etiladi va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
2025-yil yakunigacha inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini 200 ta startap muvaffaqiyatli yakunlaydi.
Hududlarda «Yoshlar biznes-inkubatori» markazlari tashkil etilib, yosh tadbirkorlar uchun tayyor ofislar, buxgalteriya, marketing va eksport xizmatlari ko‘rsatiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan tadbirkorlar uchun 12 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.