Yangiliklar

19-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Tuman tushish ehtimoli mavjud
Foto: Pexels.com

Bugun mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo ochiq, ba’zi joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliq.

Buxoro va Navoiyda ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq.

Sirdaryo, Samarqand va Jizzaxda havo biroz bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq.

Qashqadaryo va Surxondaryoda ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq.

Andijon, Namangan va Farg‘onada havo ochiq, ba’zi joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.