Kafolatlangan omonat miqdori endi 200 million soʻm etib belgilanadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu tadbirkorlik subyektlari uchun ham amal qiladi
Foto: Pexels.com

Kafolatlangan omonat miqdori bir bankda har bir shaxs uchun endi 200 million soʻm etib belgilanadi. Bu haqda prezident imzolagan yangi qonunda belgilangan.

Imzolangan yangi qonunga koʻra, endilikda faqat aholining emas, balki tadbirkorlik subyektlari, yakka tartibdagi tadbirkorlarning ham omonatlari kafolatlanadi. 200 million soʻmdan koʻp omonatlar ham xavfsiz va manfaatli.

Kap Depo investitsiya kompaniyasining katta tahlilchi Shodibek Kenjayev Kursiv Uzbekistan nashriga bergan sharhida quyidagicha fikrlarni bergan edi:

«Soʻnggi yillarda mahalliy banklar oʻzlarini ishonchli deb koʻrsatdi. Banklardagi muammoli kreditlarning oʻrtacha ulushi 4-5% ni tashkil etadi xolos», – deydi ekspert.

Shodibek Kenjayevga koʻra, har bir bank uchun 200 million soʻmlik kafolatlangan limit mavjud boʻlgani sababli nazariya jihatidan omonatlarning umumiy kafolatlangan miqdori 6 mlrd soʻmdan oshishi mumkin.

«Bu limitning asosiy maqsadi – moliyaviy xatarlarni boshqarishdir. U omonatchilarni oʻz mablagʻlarini turli banklar oʻrtasida taqsimlashga undaydi. Bu esa bir bank bankrot boʻlgan taqdirda yoʻqotish xatarini kamaytiradi va O‘zbekiston moliya tizimida barqaror va diversifikatsiyalangan depozit bozoriga xizmat qiladi», – dedi Shodibek Kenjayev.

Ekspertning fikricha, mazkur qonun loyihasini kichik banklarning tezroq oʻsishiga yordam berishi mumkin. Bu butun moliya bozoriga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan soʻmdagi eng daromadli omonatlarni qaysi banklar taklif qilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek