Bu yil Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga qancha miqdordagi mukofot puli beriladi
eʼlon qilindi
Prezident bu bo‘yicha farmon imzoladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini rag‘batlantirish maqsadida ularga bir martalik pul mukofoti beriladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, urush qatnashchilari va nogironlariga $10 000, tenglashtirilgan shaxslarga 25 mln so‘m, 1941 – 1945-yillar urush davridagi mehnat fronti qatnashchilari esa 3 mln so‘mdan ajratiladi.
Mazkur mablag‘lar Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi va tantanali ravishda topshiriladi.
Ma’lumot uchun, 2024-yili Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga beriladigan mukofot puli 20 mln so‘mni tashkil qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiyaning Haj va umra ishlari vaziri prezidentga Ka’ba yopinchig‘i kisvasining bir parchasi sovg‘a qilgan edi.