Chet tili oʻqituvchilari uchun 50 million so‘m subsidiya ajratiladi

Kasbiy ta’lim muassasalari va monomarkazlarda faoliyat yuritayotgan chet tili oʻqituvchilari uchun subsidiya ajratiladi. Bu haqda Bandlik vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, oʻquvchilari ingliz, koreys, nemis yoki yapon tillari boʻyicha kamida «B1» yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat olgan ustozlar 25-fevralga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim.
Sertifikat olgan oʻquvchilar soniga qarab reyting tuziladi va 50 nafar eng yaxshi oʻqituvchiga 50 mln soʻm miqdorida bir martalik subsidiya beriladi.
Batafsil ma’lumot uchun Migratsiya agentligining +998 71-202-33-55 (ichki raqam 32) telefon qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yosh olimlar 10 yil muddatga foizsiz kredit olishlari mumkinligi haqida yozgan edik.