
Yaqinda Xitoyning Chevrolet Equinox avtomobili Rossiyaga ham keltirildi. Ularning narxi 3 million rubldan ($33 ming) boshlanadi. Bu haqda Avtonovosti Dnya xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, 3 million rublga 1,5 litr sigʻimdagi turbomotorli Equinoxni xarid qilsa boʻladi.
Ikki litr sigʻimdagi turbodvigatelli Chevrolet Equinox 3 million 980 ming rublga ($44 ming) taklif qilinmoqda.
Toʻrtinchi avlod krossoverlari 4 million 930 ming rubl (54 ming dollar)dan boshlanadi.
Taqqoslash uchun, Oʻzbekistonda ishlab chiqaruvchining ikki litrli dvigatelli toʻliq gʻildirakli Chevrolet Equinox avtoulovini 383,5 million soʻmdan (chegirmali narx) xarid qilsa boʻladi. Bu 29,5 ming dollar qiymatiga teng boʻladi.