Foydalanilmayotgan kartalarni bloklash kerak – Humo

eʼlon qilindi
Xavfsizlik uchun
Foto: Humo

Fuqarolarga foydalanilmayotgan Humo kartalarini bloklab qo‘yish tavsiya etildi. Bu haqda Humo to‘lov tizimining rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, 12 oy davomida ishlatilmagan bank kartalari bir tomonlama bloklanishi mumkin. Kutilmaganda bloklanishning oldini olish uchun nofaol Humo kartalarni @humocardbot orqali vaqtinchalik bloklab qo‘yish lozim.

Bu nafaqat kartalarning xavfsizligini ta’minlaydi, balki ularning bank tomonidan zaruratsiz bloklanishining oldini olishga ham yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq har bir shaxs uchun plastik kartalar sonini cheklash haqida ekspert fikrini e’lon qilgan edik.

Shuningdek