NASA’ning bo‘lajak rahbari Marsga parvozlar haqida gapirdi

NASA’ning kelajakdagi rahbari bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lgan milliarder Jared Ayzekman Marsga inson parvozlari uchun texnologiyalarni yaratish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda ArsTechnica nashri xabar berdi.
«Biz uzoq vaqt davomida radiatsiya va mikrogravitatsiya kabi muammolarni hal qilib, ekstremal sharoitlarda inson hayotini saqlab qolish uchun tizimlar, qarshi choralar va farmatsevtika vositalarini yaratamiz», – dedi amerikalik tadbirkor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yutuqlar butun Quyosh tizimi bo‘ylab kamroq xarajatli, tez-tez boshqariladigan va robotlashtirilgan missiyalar uchun asos bo‘ladi.
Shuningdek, Ayzekman hozircha NASA’dagi ishlarni rejalashtirish bilan shug‘ullanmayotganini qayd etdi. Biroq u AQSh Marsga odam yuborish yo‘lida jiddiy sa’y-harakatlarni boshlashi zarurligiga qat’iy ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA DeepSeek sun’iy intellektidan foydalanishni taqiqlagani haqida yozgan edi.