Oʻzbekiston «U-20» futbol terma jamoasi Eronga g‘alabani boy berdi – 1:2
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Vakillarimiz chorak finalga yo‘l oldi

Oʻzbekiston «U-20» futbol bo‘yicha Osiyo kubogi guruh bosqichining soʻnggi turida Eronga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ikkinchi bo‘limda Eron terma jamoasi o‘yinchisi Yusuf Mazrah hisobni ochdi, Ismoil Holizadih penaltidan ikkinchi gol bilan darvozamizni ishg‘ol etdi.
Muhammadali Oʻrinboyevning goli jamoamizga durang uchun yetarli bo‘lmadi. Shunga qaramay Oʻzbekiston guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi jamoamiz «D» guruhi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov «Real»ga qarshi maydonga tushishi mumkinligi haqida yozgan edik.