Oylik maosh $2,5 gacha: Janubiy Koreyaning Hyundai kemasozlik kompaniyasi ishga taklif qiladi

Hyundai kemasozlik kompaniyasi bilan hamkorlikda Koreya texnologiyasi asosida malakali kadrlar tayyorlash uchun 3 oylik o‘quv kurslariga qabul boshlandi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ishlab chiqarish sohasida EPS-Topik imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, SPAS-Elektron bazasida tasdiqlangan 20 – 35-yoshdagi fuqarolar ushbu kursga taklif etiladi.
O‘quv kursini tamomlaganlar uchun ish haqi $2500 gacha yetishi mumkin. EPS-Topik imtihonida 80 balldan yuqori natija ko‘rsatgan yoki qo‘shimcha sertifikatlarga ega nomzodlar 21-fevralgacha Migratsiya agentligining hududiy filiallariga hujjat topshirishi lozim. 2023-yilda imtihondan o‘tgan va SPAS bazasida tasdiqlangan nomzodlar ham saralash bosqichida ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya o‘zbekistonlik qurilish va texnika sohasidagi mutaxassislarni ishga taklif qilgan edi.