O‘zbekiston BAAdagi ko‘rgazmada harbiy texnikalarni namoyish etdi – foto

Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan IDEX-2025 xalqaro mudofaa texnologiyalari ko‘rgazmasida O‘zbekiston Mudofaa sanoati agentligi ham qatnashmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

17 – 21-fevral kunlari davom etadigan tadbirda O‘zbekiston harbiy sanoat korxonalarining mahsulotlari, jumladan, dronlar, elektron urush tizimlari va ikki xil maqsadli texnikalar namoyish etilmoqda.

Xususan, O‘zbekistonga ajratilgan pavilyonda «Arslon» 8×8 va 6×6 zirhli transport vositalari hamda «To‘fon» o‘ziyurar gaubitsasi taqdim etildi.
Tadbir doirasida ilg‘or harbiy texnologiyalar, sanoat innovatsiyalari va kiberxavfsizlik bo‘yicha yirik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Spark elektr versiyasi dunyo bo‘ylab debyut qilgani haqida yozgan edik.