O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
20,16 so‘mga pasaydi
Foto: Pixabay

19-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 20,16 soʻmga pasayib, 12 950,03 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 890 – 12 950 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 970 – 13 035 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shuningdek, yevro 66,42 soʻmga tushib, 13 505,59 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa +0,33 soʻmga ortib, 142,53 soʻmga teng boʻldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollarning rasmiy kursi ilk marta 13 mingdan oshgani haqida xabar bergan edi.   

Shuningdek