Prezidentga Ka’ba yopinchig‘i kisvasining bir parchasi sovg‘a qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Saudiyaning Haj va umra ishlari vaziri tomonidan
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mehmon Saudiya Arabistoni rahbariyatining salomi va samimiy tilaklarini yetkazib, muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini tuhfa qildi.

Foto: President.uz

Davlat rahbari Saudiya Arabistoniga o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, bu boradagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. O‘tgan yili 800 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz Umra, 15 ming nafari esa Haj ziyoratini ado etdi. Suhbat davomida ziyoratchilar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash va ularning tashrifini xavfsiz va qulay qilish masalalari muhokama qilindi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Kuvayt investitsiya platformasini qachon ishga tushirishi haqida yozgan edik.

Shuningdek