Qozog‘istonda Ramazon oyi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ramazon hayit 30-mart sanasiga to‘g‘ri keladi
Foto: shutterstock / foto muharriri Dastan Shanai

Qozog‘istonda Ramazon oyi qachondan boshlanishi malum qilindi. Bu yil Ramazon oyi 1-martdan 29-martgacha davom etadi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi.

«Qabul fatvoga koʻra, Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi. 26-martdan 27-martga oʻtar kechasi muqaddas Qadr kechasi. 30-mart Ramazon hayit bayramidir», – deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Qozog‘iston diniy idorasi ikki kilogramm unning o‘rtacha narxidan kelib chiqqan holda fitr-sadaqa miqdorini tasdiqladi. Qozog‘istonliklar butun mamlakat bo‘ylab 655 tenge (17 ming so‘m) xayriya qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Ramazon uchun to‘g‘ri taomni qanday tanlash, saharlik va iftorlik uchun nima pishirish va qanday ovqatlardan voz kechish kerakligini o‘rganib chiqqan edi.

Shuningdek