20-fevral kuni havo harorati 20°gacha ko‘tariladi

eʼlon qilindi
Mamlakatning janubiy mintaqasida
Foto: Pexels.com

O‘zbekistonda 20-fevral kuni ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida harorat kunduzi 14-16° iliq bo‘lsa, kechasi 2-4° iliq bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi havo 2° sovuq-3° iliq atrofida bo‘lib, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa kunduzi 12-17° iliq harorat saqlanib turadi.

Mamlakatning markaziy va sharqiy hududlarida, jumladan, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kunduzi 13-18° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Eng iliq ob-havo esa Qashqadaryo va Surxondaryoda kuzatiladi – bu yerda kunduzi harorat 15-20° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada harorat 12-17° iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda esa sovuqroq bo‘lib, kechasi 3° sovuqqacha pasayishi, kunduzi 5-10° iliq bo‘lishi mumkin.

Shamol, asosan, sharqiy yo‘nalishda esadi va tezligi 3-12 m/s atrofida bo‘ladi.

Shuningdek