2024-yildagi Xitoyning eng yaxshi besh smartfonlari qaysi

20-fevral 2025 08:45 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Foto: Alpha Tech

Har yilgi kabi 2024-yil ham Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchilari eng ilg‘or texnologiyalarini taqdim etuvchi flagman modellari bilan bozorda o‘z joyini band etdi. Bu borada Tech ET sahifasi maxsus ro‘yxat tuzdi.

Foto: Vivo

Vivo X100 Ultra

Vivo X100 Ultra yuqori sifatli 6,78 dyuymli OLED-displey va kuchli Snapdragon 8 Gen 3 protsessori bilan jihozlangan. Eng e’tiborga molik jihati, 200 MP telefoto kamerasi bo‘lib, bu orqali model mobil fotografiya ixlosmandlarini o‘ziga jalb qiladi.

Foto: Xiaomi

Xiaomi 14 Ultra

Xiaomi 14 Ultra o‘zining Leica tomonidan sozlangan kameralar tizimi bilan ajralib turadi. 1 dyuymli Sony sensorli asosiy kamera va 5x optik zoom funksiyasi suratga olish jarayonini yangi bosqichga olib chiqadi.

Foto: Honor

Honor Magic 6 Pro

Bu model nafaqat kuchli texnik xususiyatlari, balki innovatsion funksiyalari bilan ham ajralib turadi. Sun’iy intellekt yordamida boshqariluvchi ko‘z harakati bilan nazorat qilish funksiyasi Honor Magic 6 Pro’ga qiziqishni oshiradi. Shuningdek, uning 5600 mAh akkumulyatori uzoq vaqt ishlashini ta’minlaydi.

Foto: Oppo

Oppo Find X7 Ultra

Oppo Find X7 Ultra ikki periskop kamerali tizimi bilan yuqori sifatli suratga olish imkoniyatini taqdim etadi. 6,82 dyuymli QHD+ Amoled ekrani va Snapdragon 8 Gen 3 protsessori esa kuchli ishlash samaradorligini ta’minlaydi.

Foto: Huawei

Huawei Pura 70 Ultra

Huawei Pura 70 Ultra o‘zining chiroyli dizayni va ilg‘or kamerasi bilan foydalanuvchilar diqqatini o‘ziga tortdi. 50 MP asosiy kamera va 5G yuqori sifatli suratlar va tezkor internet ulanishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei Mate XT uch buklamali smartfoni sotuvga chiqargan edi.

Shuningdek