Gadjetlar

Apple sun’iy intellektga ega budjet smartfoni iPhone 16e’ni taqdim etdi – narx

Faqat qora va oq ranglarda
Foto: Apple.com

Apple sun’iy intellekt bilan jihozlangan yangi iPhone 16e modelini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: Apple.com

Unga ko‘ra, $599 narxida sotiladigan ushbu qurilma oldingi SE seriyasidan qimmatroq bo‘lsa-da, kuchli chip va Apple Intelligence tizimini qo‘llab-quvvatlashi bilan flagman modellarga yaqin.

Foto: Apple.com

iPhone 16e keng burchakli kamera va qo‘shimcha tugmalarga ega emas, ammo dizayni qimmatbaho modellarga o‘xshash. Qurilma Xitoy va Hindiston kabi muhim bozorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, faqat qora va oq ranglarda taqdim etiladi.

Foto: Apple

Shuningdek, 16e Apple’ning birinchi C1 modem chipiga ega smartfoni bo‘lib, kompaniyaning Qualcomm’dan mustaqil bo‘lish yo‘lidagi muhim qadamidir. Bu model Apple’ning o‘rta segmentdagi xaridorlarini qaytarib olishiga yordam berishi kutilmoqda.

Foto: Apple.com

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yildagi Xitoyning eng yaxshi besh smartfonlari qaysi haqida batafsil yozgan edik.