Azon loyihalarining asoschisi Mubashshir Ahmad qidiruvga berildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Unga diniy tashkilot tuzish ayblovi qo‘yilgan
                    
                            
Azon Global tahliliy portali asoschisi Alisher Tursunov qidiruvga berilgani aytilmoqda. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Alisher Tursunov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (Diniy ekstremistik tashkilotlar tuzish) moddasi bilan qidiruvga berildi.
2023-yilning avgust oyida Alisher Tursunov barcha Azon.uz loyihalari tugatilganini ma’lum qilgan edi. Oradan biroz vaqt oʻtib, Azon Global axborot portali ishga tushgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan Alisher Tursunov Turkiyada ozodlikka chiqqani haqida yozgan edi.
