Fargʻonada 130 mln soʻmdan ziyod sifatisiz dorilarni muomalaga kirishining oldi olindi

eʼlon qilindi
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Foto: Pexels.com

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻqon shahri boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro va boshqalar qoʻlga olindi.

Ular umumiy bahosi 132 mln soʻmlik kelib chiqishi hamda sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan jami 6 000 quti «Ampisul» nomli dori vositasini Dangʻara tumaniga olib kelgan zahoti qoʻlga olingan. Qoʻlga olingan dori vositalari xorijda ishlab chiqarilgani ma’lum boʻldi.

Yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 5 – 7-fevral kunlari oʻtkazilgan reydlar davomida salkam 28,9 kg giyohvandlik vositalari va 9,4 ming oʻram kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari musodara qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek