Geely Atlas krossoveri dizaynini yangiladi

eʼlon qilindi
Yaqin oylarda Xitoy bozoriga chiqariladi
Foto: Китайские автомобили

Geely Atlas 2025 o‘zining modernizatsiya qilingan dizaynini taqdim etdi. Bu haqda Китайские автомобили sahifasi ma’lum qildi.

Foto: Китайские автомобили

Unga ko‘ra, yangi model oldingi avloddan kattaroq bo‘lib, uning uzunligi 4730 mm.ga yetdi. Dizayni ham o‘zgarib, Okavango uslubiga yaqinlashdi, ya’ni yangi to‘g‘ri burchakli faralar, vertikal panjarali radiator va kengaytirilgan havo qabul qilgichli bamper bilan jihozlandi.

Foto: Китайские автомобили

Atlas ikki xil dvigatel variantida taqdim etiladi: 1,5 litrli 181 ot kuchiga ega turbomotor va 2 litrli 218 ot kuchiga ega agregat. Ikkalasi ham 7 pog‘onali «robot» uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi. Tortish tizimi esa faqat oldi g‘ildiraklarga yo‘naltirilgan.

Yangilangan Atlas 2025-yilning yaqin oylarida Xitoy bozoriga chiqishi kutilmoqda.

Shuningdek