Husanov toʻliq oʻynagan uchrashuvda «Manchester Siti» yirik hisobda magʻlub boʻldi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
3:1

Yevropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» jamoasini qabul qilib, yirik hisobda magʻlub etdi.
Uchrashuvdagi hisobni 4-daqiqada Kilian Mbappe ochgan boʻlsa, uning oʻzi 33 va 61 daqiqalarda hisobni yirik koʻrinishga keltirdi.
Oʻyinga qoʻshib berilgan daqiqalarda Niko Gonsales hisobni bittaga qisqartirdi.
Shu tariqa ikki oʻyin natijasiga koʻra, Madrid jamoasi 6:3 hisobida gʻalaba qozonib keyingi bosqichga chiqdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» UEFA Chempionlar ligasining ilk pley-off o‘yinida 2-3 hisobida «Real»ga imkoniyatni boy bergani haqida yozgan edi.