Investitsiyalar

Neft va gaz quduqlarini sinash RFBda listing oldi

Kompaniya qidiruv burg‘ilash ishlari bilan shug‘ullanadi
биржа в Узбекистане
Foto: Unsplash

Neft va gaz quduqlarini sinash kompaniyasining oddiy aksiyalari 20-fevraldan savdolarga qo‘yildi va «Xususiylashtirish» toifasiga kiritildi, deb xabar qildi «Toshkent» Respublika fond birjasi (RFB) matbuot xizmati.

Avvalroq kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari listingdan tashqari savdo maydonchasi tizimidan chiqarilgan edi. 2024-yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, korxonaning sof foydasi 547,8 million so‘mdan oshdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 20,4 foizga ko‘pdir.

Neft va gaz quduqlarini sinash kompaniyasining daromadi bir yil ichida 18,7 milliard so‘mdan 37,4 milliard so‘mgacha o‘sdi.

Ma’lumot uchun, neft va gaz quduqlarini sinash kompaniyasi 1996-yil noyabr oyining oxirida tashkil etilgan. Korxona qidiruv burg‘ilash ishlari bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘tgan yilning kuzida Boshtransloyiha aksiyalari 16-sentabrdan boshlab BTR birja tikeri bilan «Standart» toifasiga kiritilgani haqida yozgan edi.