O‘zbekistonda bir yilda qancha tuxum ishlab chiqarilgan
eʼlon qilindi
Oziq-ovqatning asosiy qismi dehqon va yordamchi xo‘jaliklar hisobidan ta’minlandi

2024-yilning yanvar – dekabr oylarida O‘zbekiston korxonalari, dehqon va fermerlari tomonidan 8,8 milliard dona tuxum yetishtirildi, deya xabar bermoqda Davlat statistika agentligi.
Asosiy qismi (5 milliarddan ortig‘i) shaxsiy va yordamchi xo‘jaliklar hissasiga to‘g‘ri keldi. Qishloq xo‘jaligi tashkilotlari 2,4 milliardga yaqin mahsulot ishlab chiqargan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil fevral oyining ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekistondagi supermarketlarda tuxum narxi pasaygani haqida yozgan edi.