O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi kun pasaydi

eʼlon qilindi
20,11 so‘mga pasaydi
Foto: Pixabay

20-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 20,11 soʻmga pasayib, 12 929,92 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 870 – 12 920 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 950 – 13 010 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shuningdek, yevro 9,34 soʻmga tushib, 13 496,25 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 3,72 soʻmga ortib, 146,25 soʻmga teng boʻldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollarning rasmiy kursi ilk marta 13 mingdan oshgani haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek