O‘zbekistonda mikromoliyaviy tashkilotlari va lombardlar 1 trillion so‘m daromad oldi

Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda mikromoliyaviy tashkilotlari va lombardlar umumiy hisobda 1 trln so‘m daromad qildi.
Yil yakunida respublikada 100 ta mikromoliyaviy tashkilotlari va 92 ta lombard faoliyat yuritgan. Ular jami 16 trln so‘m miqdorida kredit ajratgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 85% ga oshgan. Kreditlarning asosiy qismi jismoniy shaxslarga berilgan.
2024-yil yanvar – dekabr oylarida mikromoliyaviy tashkilotlari va lombardlarning daromadi 3,4 trln so‘mga yetgan. 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, aktivlarning rentabellik ko‘rsatkichi mikromoliyaviy tashkilotlar uchun 40,5%, lombardlar uchun esa 55,6% ni tashkil qilgan.
Ushbu moliyaviy tashkilotlarning umumiy kapitali 2,87 trln so‘mga yetgan, majburiyatlari esa yil davomida 94% ga oshib, 5,5 trln so‘mni tashkil qilgan. Ularning asosiy majburiyatlari banklar, ta’sischilar va xususiy kompaniyalar oldidagi qarzlardan iborat.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq omonatni yechib olayotganda ularning kelib chiqish manbasi so‘ralmasligi haqida yozgan edik.