O‘zbekistonliklar 8-mart munosabati bilan necha kun dam oladi

eʼlon qilindi
Dam olish kuni 10-mart, dushanba kuniga ko‘chiriladi
Foto: garagestock / depositphotos.com

Oʻzbekistonda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami shanba kuniga toʻgʻri kelgani sababli, dam olish kuni 10-mart, dushanba kuniga koʻchirildi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, agar dam olish kuni rasmiy bayram sanasiga to‘g‘ri kelsa, u keyingi ish kuniga suriladi. Shu bois o‘zbekistonliklar uch kun ketma-ket dam oladi, ya’ni 8-mart, shanba – bayram kuni, 9-mart, yakshanba – dam olish kuni, 10-mart, dushanba – qo‘shimcha dam olish kuni.

Eslatib o‘tamiz, olti kunliklar uchun faqat 8-mart (shanba) dam olish kuni boʻladi, 10-mart (dushanba) ish kuni hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda dam olish kunlari qor yogʻishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek