Pensiyani avtomatik tayinlash tartibi qanday

eʼlon qilindi
Bu yangi tizim ko‘pgina imkoniyatlarni taqdim etadi
Foto: Pexels.com

Pensiya jamgʻarmasi bergan ma’lumotga koʻra, jarayon fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlarini elektron olishdan boshlanadi. Bu qulaylik fuqaroga Pensiya jamgʻarmasi ofislariga murojaat qilish zaruratini bermaydi. 

Shuningdek, nafaqa yoshiga yetgan fuqaroga pensiya tayinlash haqida qaror qabul qilingandan keyin pensiya tayinlangani va miqdori haqida sms-xabarnoma yuboriladi. Pensiyaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirayotgan va tayinlangan pensiyadan norozi shaxslar nafaqani rad qilishi mumkin. Bunday holda ular Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlimlariga murojaat qilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublikada pensiyalarni proaktiv usulda belgilash rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek