Samarqandda chiqindilarni qayta ishlash zavodi quriladi

eʼlon qilindi
«Praktik system» kompaniyasi bilan hamkorlikda
Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Chexiyaning «Praktik system» kompaniyasi rahbari Petr Linhart bilan uchrashdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tomonlar elektron va plastik chiqindilarni qayta ishlash loyihasini muhokama qildilar. Petr Linhart boshqaruvidagi kompaniya 24 ta davlatda chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan korxonalarga ega bo‘lib, muzlatkich, kir yuvish mashinalari, changyutgich va boshqa maishiy texnikani ekologik jihatdan xavfsiz qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Kompaniya vakillari Samarqandda ham shunday zavod qurishga investitsiya kiritish niyatida ekanliklarini bildirishdi. Viloyat rahbari ushbu sohada qo‘llab-quvvatlash va amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand aeroporti yo‘lovchi oqimi bo‘yicha rekord qayd etilgan edi.

Shuningdek