Samsung $120 lik yangi smartfonini taqdim etdi

20-fevral 2025 16:09 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Samsung

Samsung arzonroq boʻlgan Galaxy A06 5G smartfonini rasman namoyish etdi. Narxi $120 boʻlgan ushbu modelning Galaxy A seriyasining eng qulay narxli qurilmasi boʻlib, 4/64 GB xotiraga ega.

Shuningdek, 4/128 GB (135$) va 6/128 GB (150$) variantlari ham mavjud. Smartfon 6,7 dyuymli IPS HD+ displey, 50 MP asosiy kamera, 8 MP old kamera, 5000 mA·soat akkumulyator va 25 Vt quvvatlanish imkoniyatiga ega. Qurilma MediaTek Dimensity 6300 chipi asosida ishlaydi hamda Android 15 va One UI 7.0 tizimiga ega.

Foto: Samsung

Samsung Galaxy A06 5G modeli uchun toʻrt yil davomida yangilanishlarni ta’minlashni rejalashtirgan. Smartfonda yon tomondagi barmoq izi skaneri, naushniklar uchun standart port va IP54 namlik hamda changdan himoyalanish mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 seriyasi uchun ilk yangilanishni e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek