Tesla ishchisining o‘limi sababli AQSh regulyatorlari tomonidan jazolandi
eʼlon qilindi
Ilon Mask voqeaga izoh bermadi

AQSh Mehnat vazirligi Tesla kompaniyasini Texasdagi zavodida ish joyi xavfsizligi qoidalarini buzganlikda aybladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
OSHA tekshiruviga ko‘ra, 2023-yil 1-avgust kuni elektr toki urishi natijasida vafot etgan Viktor Gomes Sr. nosoz elektr panelini tekshirganda, u avvaldan quvvatlangan bo‘lgani aniqlangan.
Tesla va Ilon Mask voqeaga izoh bermadi. AQSh Kongressi vakili Greg Kasar OSHA tekshiruv natijalarining to‘liq oshkor etilishini talab qildi. Ilgariroq ham Tesla zavodida boshqa xavfsizlik qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla Gigafactory zavodida «Kibertunnel»ni ochgan edi.