Xorijiy valyutadagi eng daromadli omonatlarni qaysi banklar taklif qilmoqda

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan 36 ta bankning 26 tasida xorijiy valyutada (dollar, yevro) omonat ochish imkoni mavjud. Aksariyat banklar uchun minimal muddat uch oy, maksimal esa 36 oyni tashkil etadi.
Shuningdek, ayrim banklarda voyaga yetmagan shaxslar nomiga ham omonat qoʻyish mumkin boʻlib, uning muddati bolaning balogʻat yoshiga yetishiga qadar belgilangan.
Foiz stavkalari 1,5 – 2 foizdan boshlanib, maksimal 8 foizgacha yetadi. Bank mobil ilovasi orqali omonat ochilganda foiz stavkasi 1-2 foiz yuqoriroq boʻlishi mumkin. Shu bilan birga, omonat muddatidan avval yopilganda foiz miqdori pasayishi koʻzda tutilgan.
Omonat summasi bank va tarif turiga qarab farqlanadi. Koʻplab banklarda minimal miqdor 50 – 100 dollar yoki yevrodan boshlanadi. Ba’zi banklarda omonatni toʻldirish va qisman yechib olish imkoniyati mavjud. Oʻz navbatida, cheklov joriy qilgan banklar ham topiladi yoki faqatgina ma’lum muddatdagi davrda toʻldirish imkoniyati mavjud.



Eslatib oʻtamiz, soʻmdagi foiz stavkalari Markaziy bankning asosiy stavkasidan (13,5 foiz) boshlanib, eng yuqori koʻrsatkichi 27 foizgacha etib belgilangan.
Omonatlar boʻyicha taqdim etilgan ma’lumotlar banklarning rasmiy veb-saytlari va Call-markazlari orqali olindi. Batafsil ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun bankka murojaat qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, yuqorida taqdim etilgan axborot nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan avtokreditlarni qaysi banklardan qulay shartlarda olish mumkinligi haqida maqola tayyorlagan edi.