Chempionlar ligasi nimchorak finaliga qur’a tashlandi

21-fevral kuni Chempionlar ligasi 2024/2025-yilgi mavsumining 1/8 final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qur’a natijasida quyidagi juftliklar shakllandi:
«PSJ» — «Liverpul»
«Benfika» — «Barselona»
PSV — «Arsenal»
«Feyenoord» — «Inter»
«Real» — «Atletiko»
«Bavariya» — «Bayer»
«Bryugge» — «Aston Villa»
«Borussiya» — «Lill».

Jamoalar hozirdanoq keyingi bosqichlardagi ehtimoliy raqiblarini bilib olishdi. Endilikda turnir davomida boshqa qur’a tashlanmaydi va jamoalar pley-off setkasi boʻylab harakat qiladi.
1/8 final bosqichining dastlabki oʻyinlari 4-mart kuni boʻlib oʻtadi. Javob bahslari esa 11-martga belgilangan. Musobaqaning final uchrashuvi 31-may kuni Myunxenda boʻlib oʻtadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» jamoasini magʻlub etgani haqida xabar bergan edi.