Yangiliklar

Chempionlar ligasi nimchorak finaliga qur’a tashlandi

1/8 final bosqichi uchun
Foto: artjazz / depositphotos.com

21-fevral kuni Chempionlar ligasi 2024/2025-yilgi mavsumining 1/8 final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qur’a natijasida quyidagi juftliklar shakllandi:

«PSJ» — «Liverpul»

«Benfika» — «Barselona»

PSV — «Arsenal»

«Feyenoord» — «Inter»

«Real» — «Atletiko»

«Bavariya» — «Bayer»

«Bryugge» — «Aston Villa»

«Borussiya» — «Lill».

Foto: UEFA.com

Jamoalar hozirdanoq keyingi bosqichlardagi ehtimoliy raqiblarini bilib olishdi. Endilikda turnir davomida boshqa qur’a tashlanmaydi va jamoalar ple­y-off setkasi boʻylab harakat qiladi.

1/8 final bosqichining dastlabki oʻyinlari 4-mart kuni boʻlib oʻtadi. Javob bahslari esa 11-martga belgilangan. Musobaqaning final uchrashuvi 31-may kuni Myunxenda boʻlib oʻtadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» jamoasini magʻlub etgani haqida xabar bergan edi.