Haydovchilik guvohnomangizdan qachon mahrum bo‘lishingiz mumkin

Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida 12 balldan oshgan hollarda jazo tariqasida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bu haqda yangi qabul qilingan qonunda belgilandi.
Bunday huquqdan mahrum qilish kamida olti oy muddatni tashkil etadi.
Bunday tartibning ijro etilishi ham bir necha bosqichlardan iborat: huquqbuzarlik sodir etgan haydovchiga asosiy jazo bilan birgalikda jarima ballari ham hisoblanadi. Jarima ballari belgilangan huquqbuzarliklardan biri birinchi marta sodir etilgan kundan e’tiboran bir yil davomida hisoblab boriladi. Haydovchilarga xavfsizlik, odam tashish, quvib oʻtish qoidalarini buzgani va yoʻl bezoriligi uchun ham jarima ballari hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Jamoat transportiga ajratilgan yoʻlakdan harakatlanish uchun jarima joriy qilinishi haqida yozgan edi.