Fan

Ilon Mask Grok 3 ning ChatGPTdan farq qiladigan asosiy xususiyatini aytdi

Chatbot bilimlari real vaqtda yangilanish xususiyatiga ega
Foto: xGrok 3

Ilon Mask sun’iy intellekt tizimi va xAI tomonidan yaratilgan Grok 3 chatbotining asosiy xususiyatini ma’lum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, tizim real vaqt rejimida dolzarb ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu esa uni boshqa modellardan ajratib turadi. Shuningdek, tadbirkor uni eng aqlli sun’iy intellekt deb atagan.

Yaratuvchilarning fikricha, boshqa raqobatchilaridan farqli oʻlaroq, tizimda ma’lumotlar doim yangilanib turishiga zamin yaratiladi.

«Grok 3-da ma’lum bir axborotning eskirish sanasi yoʻq. Boshqa GPT modellaridan farqli oʻlaroq, Grok har doim yangilanadi. Bu aslida katta ish va koʻproq muhokamaga loyiqdir», – degan Mark Kretschman.

Grok 3 ma’lumotlar bazasidan oʻzi qanchalik imkoniyatga ega ekanligi soʻralganda, chatbot doimiy ravishda yangilanishini aytgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Ilon Mask Grok 3 chatbotini taqdim etgani haqida yozgan edi.