Oliy sud yetti kishiga nisbatan ma’muriy javobgarlikka oid sud jarayonini yakunladi
eʼlon qilindi
Dalillarni to‘plash choralarini ko‘rmagan IIV xodimiga nisbatan Ichki ishlar vazirligiga munosabat yuborildi

Oliy Sud ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda ayblangan yetti nafar fuqaro ishi boʻyicha oʻz qarorini e’lon qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Qarorga koʻra, ma’muriy huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillar yetarli boʻlmagani uchun yetti shaxsga nisbatan huquqbuzarlikka oid ish tugatildi.
Shuningdek, oʻz kasbiga befarq qaragan xodimlar ustidan IIV va sudyalar malaka hay’atiga ajrimlar chiqarish yoʻli bilan munosabat yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2024-yilda Oʻzbekistonda qancha odam qamalgani ochiqlangani haqida yozgan edi.