Oylik maosh 3 ming yevro: Germaniya yuk mashinasi haydovchilarini ishga taklif qiladi

Migratsiya agentligi va SEIT-for-tomorrow GmbH & Co. KG Germaniyada yuk mashinasi haydovchisi lavozimi uchun 160 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilmoqda. Bu haqda agentlik ma’lum qildi.
Ish haqi 3 ming yevro bo‘lib, soliqlardan so‘ng 2,2 ming yevro atrofida to‘lanadi.
Nomzodlar 20 – 42 yosh oralig‘ida bo‘lishi, CE toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi va B1 daraja nemis tili sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Ish haftada 5 kun, 45 soatgacha davom etadi.
Ish beruvchi aviachipta, transfer, ro‘yxatdan o‘tkazish, sug‘urta kabi imtiyozlarni taqdim etadi. Germaniyaga borgan haydovchilar 4 – 6 oy davomida kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tib, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlarga 3 yillik mehnat shartnomasi beriladi.
Sinov muddati 6 oyni tashkil etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu havola orqali yoki 71 202 33 55 (ichki raqam 10) telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning Hyundai kemasozlik kompaniyasi ishga taklif qilgan edi.