O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket oltinchi kun pasaydi
eʼlon qilindi
13,74 so‘mga pasaydi

20-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 13,74 soʻmga pasayib, 12 916,18 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 855 – 12 900 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 930 – 12 990 soʻm oraligʻida sotmoqda.
O‘z navbatida, yevro 26,99 soʻmga oshib, 13 523,24 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 1,35 soʻmga ortib, 147,60 soʻmga teng boʻldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollarning rasmiy kursi ilk marta 13 mingdan oshgani haqida xabar bergan edi.