O‘zbekistonliklar BAAda tabrikorlik bo‘yicha ta’lim olishlari mumkin

Savdo-sanoat palatasi va BAAning «Skyline University College» oliygohi tadbirkorlik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tomonlar kadrlar malakasini oshirish, mutaxassislar almashinuvi, axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda tadbirkorlik ta’lim dasturlarini takomillashtirish yo‘nalishlarida ishlashga kelishishdi. Shuningdek, o‘quv kurslari, qo‘shma loyihalar va ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va «Skyline University College» o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan kino ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilishi haqida xabar bergan edik.