Yangiliklar

Harbiylarning farzandlariga OTMga kirishi uchun imtiyozlar berildi

Prezident raisligida harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasini mustahkamlash masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

30 mingga yaqin harbiylar oilasi uy-joy bilan ta’minlandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa va harbiy salohiyatga bagʻishlangan yigʻilishda ma’lum qildi.

Tadbirda jahon tajribasi va tahlillardan kelib chiqib, ichki va tashqi xatarlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha yangi jangovar boʻlinmalar tuzilgani qayd etildi.

Armiyani modernizatsiya qilish va zamonaviy qurollantirishning yangi tizimi – mudofaa sanoati yanada rivojlantirilgani, qoʻshimcha korxonalar tashkil qilingani qayd etildi. Qurolli Kuchlarimiz tomonidan 20 dan ziyod mamlakatlar bilan ikki tomonlama harbiy hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, 400 dan ortiq qoʻshma mashgʻulotlarda yuqori koʻrsatkichlarga erishilganligi aytib oʻtilgan.

Yigʻilishda sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilmalar, robotlashgan texnikalarni qoʻllash va havo hujumidan mudofaa boʻyicha yangi boʻlinmalarni tashkil etish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Sun’iy intellektga asoslangan qoʻshinlarni avtomatlashtirilgan yagona boshqarish tizimini yaratish, harbiy ta’lim va harbiy kadrlarni tayyorlashda dual ta’limdan foydalanish lozimligi ta’kidlandi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 21-fevral kuni Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, bu yerdagi ishlab chiqarish quvvatlari, ilgʻor ishlanmalar, harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar bilan tanishgani haqida yozgan edi.