Sport

«Roma» «Portu» ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi

Eldor Shomurodov ham o‘yinda samarali harakat qildi
Paulo Dibala «Portu» darvozasiga gol urgandan keyin yugurmoqda. Foto: «Roma» FKning X’dagi rasmiy ingliz tilidagi akkaunti.

«Roma» UEFA Yevropa Ligasi pley-off javob o‘yinida «Portu» ustidan g‘alaba qozondi. Uchrashuv Rimdagi «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Hisobni mehmonlar ochdi. 27-daqiqada «Portu» hujumchisi Samu Omorodion Agexova Fabio Vieyraning uzatmasidan keyin ajoyib tarzda gol urdi.

35-daqiqada mezbonlar hujumchisi Paulo Dibala Eldor Shomurodovning uzatmasidan keyin hisobni tenglashtirdi. 39-daqiqada esa ikkinchi golini urib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Eldor Shomurodov va Neuen Peres, «Roma» – «Portu» o‘yini, UEFA Yevropa ligasi, 20-fevral. Foto: UEFA Yevropa ligasi rasmiy sayti.

78-daqiqada Eldor Shomurodov o‘rniga maydonga Matias Sule tushdi.

83-daqiqada yarim himoyachi Nikolo Pizilli Anxelinyoning uzatmasidan keyin mehmonlar darvozasiga navbatdagi golni urdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa rimliklar himoyachisi Devayn Rench o‘z darvozasiga avtogol kiritib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalarning ilk uchrashuvi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov toʻliq oʻynagan uchrashuvda «Manchester Siti» yirik hisobda magʻlub boʻlgan edi.